11:13 / 19.10.2020
11722
Xitoy ommaviy ravishda AQSh fuqarolarini hibsga olish bilan tahdid qilmoqda – OAV

Rasmiy Pekin Qo‘shma Shtatlardagi xitoylik olimlar va talabalarga nisbatan o‘tkazilayotgan sud jarayonlariga javoban, Xitoydagi AQSh fuqarolari ommaviy hibsga olinishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Foto: Getty Images

The Wall Street Journal'ning yozishicha, Xitoy tomoni AQSh rasmiylarini ushbu masala yuzasidan bir necha marotaba ko‘plab axborot kanallari orqali ogohlantirgan. Vashingtondagi Xitoy elchixonasi hozircha tarqalgan xabar yuzasidan izoh bermadi.

AQSh Adliya vazirligi shu yilning iyul oyida mamlakat akademik muassasalarida ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun vizaga ariza bergan 3 nafar Xitoy fuqarosi qo‘lga olinganini e'lon qilgan edi. Ular o‘zlarini Xitoy Milliy-ozodlik armiyasi bilan aloqalari borligini yashirgani uchun ushlangani ma'lum qilingan.

Top