10:58 / 28.10.2020
6077
«DePO Mall» – yangi turdagi savdo markazi

Golden House O‘zbekistonning biznes hamjamiyati uchun navbatdagi loyihasini – «DePO Mall» savdo-ko‘ngilochar markazini taqdim etadi.

«DePO Mall» SKM – bu xaridlar va hordiq chiqarish uchun zamonaviy va qulay maydon bo‘lib, u Toshkent xaritasida yangi gavjum joyga aylanadi.

Markaz poytaxtning tarixiy joylaridan birida – avval 2-sonli tramvay deposi hududida (Katta Qa'ni va Lutfiy ko‘chalari kesishmasida) joylashgan va uning nomi aynan shuning uchun «DePO Mall» deb nomlangan. Loyihani ishlab chiqishga xalqaro miqyosdagi me'morchilik kompaniyasi jalb qilingan. Loyiha shunday ishlanganki, tarixiy va afsonaviy tramvay deposi xotirasiga hurmat ifodasi o‘laroq undagi muhit imkon qadar saqlab qolingan. Bundan tashqari, loyiha hududidan haqiqiy Belgiya tramvayi o‘rin oladi. Ushbu tramvay restavratsiya qilinadi, davr va joyning timsoli, yodgorligiga aylanadi.

«DePO Mall» – bu qulay sharoitlar va puxta o‘ylangan logistika imkoniyatlariga ega strit-riteyl (ko‘cha do‘konlari) uslubidagi savdo uchun yangi makondir. Bu yerdan turli maydon va formatdagi 200 dan ziyod savdo nuqtalari o‘rin oladi: kiyim-kechak, texnika, xizmatlar, ko‘ngilochar joylar. Bularning barchasi ochiq maydonda, ammo ularni yagona sayr hududi birlashtirib turadi.

Savdo markazi hududida taniqli va sevimli brend do‘konlari, Makro supermarketi, innovatsion kinoteatr, bouling va hayotingizni qulayroq qiluvchi boshqa xizmatlar bo‘ladi. Ikkinchi qavatda ochiq ayvonli fudkort (ovqatlanish hududi) barcha tashrifchilar va haqiqiy taom shinavandalari uchun sevimli joyga aylanadi.

«DePO Mall» hududida, shuningdek, avtodo‘kon, avtoservis hamda yoqilg‘i quyish shoxobchasi bo‘ladi. Bu ko‘rsatilayotgan xizmat sohalarini imkon qadar kengaytirish va odamlarni yanada keng ko‘lamda qamrab olish imkonini beradi. Shunday qilib, loyiha o‘rta segmentni ham, ko‘pchilikka mo‘ljallangan mahsulotlar do‘konlarini ham, mayda do‘konlarni ham qamrab oladi.

Aytish kerakki, ayni damda atigi 25 ta tijoriy maydon sotuvga qo‘yilgan. Siz birinchilar qatorida bo‘lishingiz va o‘z biznesingizga qulay joydan 50 dan 80 m² gacha bo‘lgan maydonlarni xarid qilishingiz mumkin. 2020 yil oxiriga qadar maydon xarid qilsangiz, biz siz qo‘ygan shartlar asosida maydoningiz uchun ijarachi topishda ko‘maklashamiz.

«DePO Mall» savdo-ko‘ngilochar markazi sizning yashil hududingiz va biznesingiz rivoji uchun ajoyib joyga aylanadi!

«DePO Mall» SKMdan maydon xarid qilish haqida batafsil:

Sayt: www.depomall.uz

Telefon: +998 99 850-11-11

Manzil: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Hamdo‘st mahallasi

Mo‘ljal: Katta Qa'ni va Lutfiy ko‘chalari kesishmasi

Reklama huquqi asosida

Top