Bayramona oçiliş munosabati bilan tadbirlar 2 kun davom etadi va mehmonlarning yayrab dam olişlari hamda taşrif buyuruvçilarni savdo-köngiloçar markazi bilan batafsil taniştirişga yönaltiriladi. Şu kuni xohlovçilar quvnoq dasturlarda, tanlovlarda, yutuqli öyinlarda iştirok etişlari, köplab yutuq va sovğalarga ega bölişlari, eng qiziği – savdo-köngiloçar markazini quş parvozi balandligidan havo şarida kuzatişlari mumkin.

Şuningdek, şou-dasturga estrada xonandasi Rayhon, illyuzionist, musiqiy guruhlar va raqs guruhlarining çiqişlari ham kiritilgan. Musiqiy kayfiyatga şaharning maşhur didjyeylari javob berişadi.

Foto: Depo Mall

«DePO Mall» – bu zamonaviy savdo kompleksining barça qulayliklarini özida mujassam etgan, barça şaroitlarga ega bölgan va yaxşi öylangan logistikaga ega bölgan yangi konseptual savdo-köngiloçar markazi. Markaz Uçtepa tumanida, eski 2-tramvay deposi örnida joylaşgan.

Şoping işqibozlariga bu yerda 150 dan ortiq kiyim-keçak, oyoq kiyim, aksessuarlar, uy jihozlari, zargarlik buyumlari va soatlar, elektronika dökonlari, şuningdek, bolalar buyumlari dökonlari tarmoği taklif etiladi. Taşrif buyuruvçilar uçun avtomarket, avtoservis va yonilği quyiş şoxobçasi faoliyat yuritadigan katta maşina töxtab turiş joyi mavjud.

Foto: Depo Mall

Savdo-köngiloçar markazida Makro supermarketlar tarmoğining eng yirik filiali oçiladi. Oilaviy dam oliş uçun kinoteatr, bolalar uçun köngiloçar xizmatlar markazi – Luna Park mavjud bölib, u yerda köplab labirintlar, batutlar va “gorka”lar böladi.

Umumiy ovqatlaniş hududiga ham alohida e'tibor qaratilgan, bitta umumiy maydonda ikkita yirik franşiza: KFC va Burger King töqnaşişadi. Fud-kort poytaxtning eng taniqli va mazali brendlarini taklif etiş orqali taşrif buyuruvçilar yuragini zabt etadi.

Bu yerga taşrif buyuriş uçun asosiy sabablardan biri – tramvay deposi uslubida, mos atributlar orqali taşkil etilgan öziga xos intererdir. Şu kunlargaça saqlanib qolgan Toşkentda yagona bölgan Belgiya vagoni asosiy kiriş qismida joylaştirilgan. U tarixiy obektning qayta tuğilişining asosiy timsoli böladi. Şunday qilib, «DePO» nafaqat savdo hududi, balki, madaniy vaqt ötkaziş joyi böladi va şu narsa uning klassik savdo markazlari orasida ikki karra jozibadorroq bölişiga xizmat qiladi.