20:27 / 31.10.2020
7031
Boku Tog‘li Qorabog‘da janglar davom etayotganini ma'lum qildi

Qayd etilishicha, janglar uchta: Agdara, Xo‘javand va Gubadli yo‘nalishlarida davom etmoqda.

Foto: RIA Novosti

Ozarboyjon mudofaa vazirligi Tog‘li Qorabog‘dagi nizoli hududda janglar davom etayotgani to‘g‘risida xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, janglar uchta: Agdara, Xo‘javand va Gubadli yo‘nalishlarida davom etmoqda.

Avvalroq tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi prezidenti Araik Arutyunyan Ozarboyjon qo‘shinlari respublikaning eng muhim shaharlaridan biri – Shushaga yaqin kelganini ma'lum qilgandi.

Tog‘li Qorabog‘ hududida 27 sentyabrdan buyon janglar davom etmoqda. Rossiya va AQSh vositachiligida bir necha marta gumanitar sulh e'lon qilinishiga qaramasdan, Armaniston va Ozarboyjon o‘zaro hujumlarni to‘xtatmayapti.

Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevning ta'kidlashicha, «ozarboyjonliklar o‘zlari yashagan va bosib olingan barcha hududlarga qaytishlari kerak».

Mavzu
Ozarboyjon-Armaniston mojarosi
12 iyul kuni Ozarboyjon shimoli-g‘arbidagi Tovuz viloyati hududida ikki davlat qo‘shinlari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi.
Barchasi
Top