Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjon qo‘shinlari Tog‘li Qorabog‘ning strategik muhim shahriga bevosita yaqinlikda ekani ma'lum qilindi
Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi prezidenti Araik Arutyunyan Ozarboyjon qo‘shinlari respublikaning eng muhim shaharlaridan biri – Shushaga yaqin kelganini ma'lum qildi. U bu haqda Shushadagi cherkovdan qilgan murojaatida xabar qilgan.
Foto: news.com.az
Arutyunyanning ta'kidlashicha, Ozarboyjon qo‘shinlari ayni vaqtda Tog‘li Qorabog‘ning ikkinchi yirik shahridan bor-yo‘g‘i 5 km uzoqlikda joylashgan.
“Ularning maqsadi - Shushani egallash. Kim Shushaga egalik qilsa, u Qorabog‘ga egalik qiladi”, deb aytgan Arutyunyan.
Respublika prezidenti g‘alabaga ishonishini, biroq vaziyatni o‘zgartirish uchun hukumat va oddiy fuqarolar Shushani himoyalash uchun birlashishi lozimligini aytgan.
Shusha Tog‘li Qorabog‘ poytaxti Stepanakertdan 11 km uzoqlikda joylashgani sababli muhim strategik ahamiyatga ega. U orqali Stepanakertni Armaniston bilan bog‘lovchi yo‘l o‘tadi. Bundan tashqari, Shusha Stepanakertdan balandroq joylashgan bo‘lib, Tog‘li Qorabog‘da 1992-1994 yillarda kechgan birinchi urushda Stepanakertga Shushadan turib to‘g‘ridan to‘g‘ri zarbalar berilgan.
Mavzuga oid
18:47 / 17.02.2026
Tog‘li Qorabog‘ning sobiq davlat vaziri Ruben Vardanyan 20 yilga qamaldi
22:04 / 05.02.2026
Boku sudi Tog‘li Qorabog‘ning besh nafar rahbarini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi
20:23 / 06.09.2025
Armaniston bosh vaziri samolyoti 30 yil ichida birinchi marta Ozarboyjon ustidan uchib o‘tdi
18:41 / 17.04.2024