10:44 / 03.11.2020
2976
Xususiy korxonalar sonining yuqori ko‘rsatkichlari qayd etilgan hududlar ma'lum bo‘ldi

Joriy yilning 1 oktabr holatiga jami tadbirkorlik sub'yektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 394 234ta bo‘lib, shundan xususiy korxonalar soni 88 855tani (22,5 foiz) tashkil qildi.

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, xususiy korxonalar sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

  • Toshkent shahrida – 12 779ta;
  • Farg‘ona viloyatida – 10 523ta;
  • Qashqadaryo viloyatida – 9 015ta;
  • Namangan viloyatida – 7 173ta;
  • Surxondaryo viloyatida – 6 991ta.

Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida korxonalar quyidagicha taqsimlandi:

  • savdoda – 33 457ta;
  • sanoatda – 16 007ta;
  • qurilishda – 7 818ta;
  • yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 7 725ta;
  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 6 618ta.
Top