08:05 / 05.11.2020
11509
«O‘zbekkonsert» rahbariyatida o‘zgarish yuz berdi 

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi rahbariyatida o‘zgarish yuz berdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov san'at ahli bilan uchrashgan. Uchrashuv davomida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilindi. 

Ayni paytda Madaniyat vazirligi Konsert-tomosha faoliyatini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Anvar Tojiboyev “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. 

Anvar Tojiboyev faoliyati davomida “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi bosh direktor yordamchisi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi Ijodiy birlashmalar va xalq ijodiyotini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Madaniyat vazirligi Ijodiy birlashmalarni rivojlantirish va ommaviy-madaniy tadbirlarni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari kabi vazifalarda ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning iyun oyi boshlarida 2017 yildan buyon muassasaga rahbarlik qilib kelgan Odiljon Abduqahhorovning boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan muassasa direktorining ijodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Alisher Jamoliddinov vaqtincha direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.

Top