18:27 / 07.11.2020
12842
Qoraqalpog‘istonda ikki tuman hokimi o‘zgardi

Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak va Chimboy tumanlarida yangi rahbarlar ish boshladi.

Uzaqbergen Utambetov Qorao‘zak tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Matbuot xizmati ma'lum qildi.

U shu kunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi raisi lavozimida faoliyat olib borayotgandi. 

U 2019 yilning 25 mayidan beri Qorao‘zak tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Roman Jumabayev o‘rnida ish boshladi.

2018 yildan buyon Chimboy tumaniga hokimlik qilib kelgan Po‘lat Eshonov ham lavozimini tark etgan. 

Kun.uz muxbiri Jo‘qorg‘i Kengesdagi manbasiga tayanib xabar berishicha, Aybek Tajyetdinov Chimboy tumani hokimi etib tayinlangan. 

Shu kunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Aybek Tajyetdinov Chimboyning yangi hokimiga aylangan.

6 noyabr kuni Nukus shahri hokimi o‘zgargani xabar qilingandi. Paraxat Tureshov betobligi uchun lavozimini tark etib, uning o‘rnini Utemurat Panayev egalladi.

Top