25 may kuni Qoraözak tumani xalq deputatlari kengaşining navbatdan taşqari 48-sessiyasida Jöqorği Kenges raisi farmoyişga asosan Roman Abdikadiroviç Jumabayev Qoraözak tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda «KRuz.uz» manbasi xabar berdi.
Ma'lumot uçun, Roman Abdikadiroviç Jumabayev 2010 yilning 25 oktyabridan buyon «Özagrolizing» aksiyadorlik jamiyati Qoraqalpoğiston Respublikasi filiali direktori lavozimida faoliyat olib borayotgan edi.
U şu kunga qadar Qoraözak tumani hokimi lavozimida işlab kelgan Utemuratov Dauletbay örnini egalladi.

Ma'lumot uçun, Dauletbay Utemuratov Qoraqalpoğiston tarixida eng uzoq vaqt davomida bitta tumanga rahbar bölgan hokim edi. U 2010 yildan boşlab Qoraözak tumanini boşqarib kelayotgandi.










