03:04 / 09.11.2020
8375
La Liga. 3ta penalti, Varandan avtogol. «Valensiya» o‘z uyida «Real» ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Foto: Marca

Ispaniya chempionatining 9-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda «Valensiya» o‘z maydonida «Real» ustidan yirik hisobda ustun keldi. Mezbonlar safida Karles Soler 3 bor penaltidan gol urdi, madridliklar himoyachisi Rafael Varan avtogol sohibiga aylandi. Mehmonlarning yagona to‘pini Karim Benzema kiritdi.

«Valensiya» ochkolarini 11taga yetkazib, 9-o‘ringa chiqdi. 16 ochkoga ega «Real» 4-pog‘onaga tushdi.

La Liga, 9-tur
Valensiya – Real 4:1

8 noyabr, «Mestalya»
Gollar: Soler (35 penalti, 54 penalti, 63 penalti), Varan (43, avtogol) – Benzema (23).
Valensiya – Domenek, Gilyamon, Gayya, Gabriel Paulista, Vass, Soler, Cherishev (Toni Lato, 77), Musa (Xason, 87), Rachich, Li Kan In (Gameyro, 81), Maksi Gomes (Sobrino, 87). 
Real – Kurtua, Ramos, Varan, Marselo, Vaskes, Isko (Yovich, 83), Modrich, Asensio (Rodrigo, 64), Valverde (Kroos, 76), Vinisius (Edegor, 64), Benzema (Mariano Dias, 76).

Top