09:15 / 18.11.2020
2338
Meva va rezavorlar yetishtirish umumiy hajmining eng katta ulushi Andijon viloyati hissasiga to‘g‘ri keldi 

2020 yilning yanvar-sentyabr oylarida respublikada barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 2 mln tonna meva va rezavorlar yetishtirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2019 yilning mos davriga nisbatan 3,9 foizni tashkil qildi.

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, boshqa toifadagi xo‘jaliklar bilan taqqoslanganda, meva va rezavorlar yetishtirishning eng katta hajmi 1,2 mln tonna yoki umumiy yetishtirish hajmidan 61,3 foizi dehqon xo‘jaliklarida qayd etildi.

Joriy davrda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fermer xo‘jaliklarida 4,4 foiz, dehqon xo‘jaliklarida 1,6 foiz, qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda 79,9 foiz o‘sish kuzatildi.

Meva va rezavorlar yetishtirish umumiy hajmining eng katta ulushi Andijon viloyati (20,2 foiz) hissasiga to‘g‘ri keldi. Shu bilan bir qatorda, Farg‘ona (14,0 foiz), Samarqand (13,9 foiz), Buxoro (10,4 foiz) va Namangan (9,0 foiz) viloyatlarida ham yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi.

Top