11:45 / 23.11.2020
3870

O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakiliga yangi diplomatik martaba berildi

Foto: Dunyo

O‘zbekiston prezidentining farmoniga binoan, mamlakatning BMTdagi doimiy vakili Baxtiyor Ibrohimovga favqulodda va muxtor elchi diplomatik martabasi berildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Baxtiyor Ibrohimov Toshkent shahrida tug‘ilgan, u 54 yoshda. 1992 yildan beri Tashqi ishlar vazirligida turli lavozimlarda, jumladan, O‘zbekistonning AQSh va Janubiy Koreyadagi elchixonalarida ishlagan.

2017 yil may oyida O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili etib tayinlangan.

2019 yil iyun oyida O‘zbekiston birinchi marta BMT Bosh assambleyasining 73-sessiyasida navbatdagi sessiya raisining o‘rinbosari etib saylandi. Ushbu vazifani B. Ibrohimovga mamlakatning doimiy vakili sifatida BMT Bosh assambleyasining 74-sessiyasida 2019 yil sentyabr oyidan 2020 yil sentyabr oyigacha amalga oshirdi.

Mavzuga oid
Top