19:16 / 25.11.2020
1832
Afg‘onistonda ikkita terakt natijasida 4 kishi vafot etdi, 10dan ortiq kishi jarohatlandi
Foto: Haroon Sabawoon/AA

Afg‘onistonning Qandahor viloyatida amalga oshirilgan ikkita hujumda 4 kishi halok bo‘ldi, 13 kishi yaralandi.

Tolonews xabariga ko‘ra, ichida yo‘lovchilari bo‘lgan transport vositasining yo‘lga o‘rnatilgan minani bosishi natijasida bir bola va uch nafar ayol halok bo‘lgan hamda 6 kishi jarohat olgan.

Qandahor politsiyasi voqea Panjvay hududida sodir bo‘lganligini ma'lum qildi.

Bomba joylangan transport vositasi orqali uyushtirilgan hujumda esa 7 nafar politsiya xodimi jarohat oldi.

Qandahor politsiyasi boshlig‘i Tandin Xonning aytishicha, hujum Lohurdagi politsiya nazorat punkti yonida amalga oshirilgan.

Ma'lumot berilishicha, xavfsizlik kuchlari transport vositasiga qarata o‘q uzgan va uning ichidagi portlovchi moddalarning portlashi natijasida politsiya xodimlari jarohatlangan.

 

 

Top