16:40 / 26.11.2020
20901
Sirdaryoda bir oilaning to‘rt nafar a'zosi is gazidan vafot etdi

2020 yil 25 noyabr kuni Sirdaryo viloyati Xovos tumani Xovos shaharchasi, «Do‘stlik» MFY hududidagi ko‘p qavatli uylarning birida is gazidan zaharlanish tufayli bir oilaning to‘rt nafar a'zosi vafot etdi. Bu haqda Kun.uz’ga marhumning yaqinlari ma'lum qildi. 

Aniqlanishicha, ushbu ko‘p qavatli xonadonlarda gaz bosimi pasayib ketganligi tufayli qo‘lbola pech orqali uy isitilgan. 

Xonadon bekasi, 1988 yilda tug‘ilgan ayol va uning 3 nafar, 3, 7 va 10 yoshli farzandlari vafot etgan.

Top