Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti, viloyat içki işlar boşqarmasi, “Özenergoinspeksiya” hamda “Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy mayning ferma faoliyatiga çek qöyildi.
Sirdaryo tumanidagi çorvaçilikka ixtisoslaşgan mas’uliyati çeklangan jamiyat binosida xorijdan keltirilgan jami 107 dona “INNOSILICON T3”, “Whatsminer M21S” va “ANTMINER S9 BITMAIN” qurilmalaridan foydalanib, kriptovaluta işlab çiqariş bilan şuğullanilgan. Aniqlanişiça, uşbu maqsadda 2022 yilning aprel oyidan 2024 yilning mart oyiga qadar MÇJga qaraşli elektr hisoblagiçning ikkilamçi zanjirini vaqti-vaqti bilan uzib, haqiqatda oqib ötayotgan quvvatni yaşiriş orqali hisoblagiç körsatkiçini sun’iy kamaytiriş yöli bilan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilişi natijasida davlat manfaatlariga 34 mlrd 367 mln söm miqdorida zarar yetkazilgan.
Qayd etilişiça, MÇJ rahbarlari tomonidan talon-toroj qilingan 39,3 mln kWh elektr energiyasi viloyatning Boyovut, Sardoba, Oqoltin va Guliston tumanlari aholisining bir oylik ehtiyojini qoplaşga yetadi.
Hozirda MÇJning mansabdor şaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda köp miqdorda öğirlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oldinroq Zangiotada mayning ferma taşkil etgan şaxs davlatga deyarli 800 mln söm zarar yetkazgani xabar qilingandi.













