22:43 / 27.11.2020
7349

Armaniston bosh vaziri Rossiyaga tashrif buyurishi kutilmoqda

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Rossiyaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Armaniston hukumati saytida ma'lum qilingan.

Foto: DPA

Xabarda ta'kidlanishicha, Pashinyan ma'muriyati protokol xizmati boshlig‘i Eduard Arutyunyan “Armaniston bosh vazirining Rossiyaga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida” 30 noyabrdan 4 dekabrgacha muddatga Moskvaga yuboriladi.  

Biroq Pashinyanning Moskvaga tashrifi muddati hozircha ma'lum qilinmagan.

Bu orada Armaniston hukumatidagi manbaning xabar berishicha, Pashinyan Moskvaga 3 dekabrda tashrif buyurishi mumkin. Uning ta'kidlashicha, Armaniston bosh vaziri Moskvada Yevrosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi.

Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlari bosh vazirlari 9 oktyabrda Yerevanda Yevrosiyo hukumatlararo kengashining navbatdagi yig‘ilishini 4 dekabrda Moskvada o‘tkazishga kelishib olishgandi. 

Mavzuga oid
Top