10:36 / 28.11.2020
1760
Koronavirus bo‘yicha 1105 Call-center 1003 bilan birlashtirildi

O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat murakkablashgan sharoitda aholining kasallik bilan bog‘liq savollariga o‘z vaqtida javob berish, tibbiy yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yilgan edi. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, bu tezda samara berib, aholidan kelayotgan murojaatlar oqimi bir tizimga tushishiga sabab bo‘ldi. 

“So‘nggi vaqtlarda uy sharoitida davolanayotgan bemorlarga hamda karantinga olingan shaxslarga tibbiy maslahat va axborot berish maqsadida tun-u kun uzluksiz faoliyat ko‘rsatuvchi 1105 qisqa raqamli Call-center’ga murojaatlarning keskin kamaygani kuzatildi”, – deyiladi ma'lumotda. 

Qayd etilishicha, ayni paytga kelib koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat biroz barqarorlashgani inobatga olinib, 1105 qisqa raqamli Call-center faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatish va uning vazifalarini 1003 – Call-markaziga yuklatish belgilandi.

Top