Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SSV maxsus Call-markaz ishga tushirdi. Murojaatlarning bir qismi prezidentga to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkaziladi
Murojaatlarning bir qismi prezidentga to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkaziladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan yurtimizda tibbiyot sohasini yanada rivojlantirish, mavjud muammo va kamchiliklarni ijobiy hal qilish maqsadida maxsus «Call-markaz» ishga tushirildi.
Qayd etilishicha, mazkur «Call-markaz»ning #1295 raqamlari Yangi O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimining buguni va ertasiga befarq bo‘lmagan tibbiyot xodimlarining faoliyatlari bilan bog‘liq masalalar, tizimdagi muammolar va sohani yanada rivojlantirishga turtki beradigan g‘oya va takliflari uchun ishlashni boshladi.
«Bu murojaatlarning aksariyati «Call-markaz»ga biriktirilgan mutasaddilar tomonidan hal qilinsa, bir qismi olimlar, shifokorlar, farmatsevtlar, hamshiralar va tizim xodimlari bilan bo‘ladigan ochiq muloqotda O‘zbekiston Respublikasi prezidentiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkaziladi», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
12:50 / 13.12.2025
“Elektron retsept” bo‘yicha 1003 qisqa raqamli Call-markaz ishga tushirildi
11:31 / 17.03.2025
Toshkentda 15 mingdan ortiq kishining shaxsiy ma’lumotlarini yig‘gan jinoiy guruh ushlandi
11:38 / 25.01.2022
SSV soha xodimlari oyligidan ushlab qolish holatlariga munosabat bildirdi
07:33 / 24.01.2022