09:29 / 29.11.2020
2310
Sog‘liqni saqlash vaziri xalqaro axborot agentliklari vakillarini qabul qildi

Sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Hojiboyev bir necha xalqaro miqyosdagi axborot agentliklari jurnalistlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Uchrashuvda O‘zbekistondagi pandemiya bilan bog‘liq vaziyat, uni jilovlashda vazirlikning yangi rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, shuningdek, mamlakat tibbiyotida mo‘ljallanayotgan tub islohotlardan kutilayotgan natijalar haqida so‘z yuritildi.

Uchrashuvda «Sputnik» xalqaro axborot agentligidan Dilshoda Rahmatova, TASS axborot agentligidan Valeriy Biryukov, «Sinhua» axborot agentligidan Zafar Xalilov kabi jurnalistlar ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishgan.

Top