15:56 / 01.12.2020
4709
Qozon shahrida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi. U qurilish obektining ikkinchi qavatidan yiqilib tushgan 

O‘zbekistonning Qozon shahridagi (Rossiya) bosh konsulxonasi ma'lumotiga ko‘ra, 2020 yil 27 noyabr kuni qurilish obektining ikkinchi qavatidan yiqilib tushishi natijasida O‘zbekiston fuqarosi A.M. (27.10.1983 yilda tug‘ilgan) vafot etdi.

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, bosh konsulxona vaziyatni o‘z nazoratiga olgan, fuqaroning jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy, tashkiliy va boshqa masalalarni hal qilishda yordam ko‘rsatmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildirgan va Rossiyaning Volgabo‘yi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Kirov viloyati, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijyegorod viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Perm o‘lkasi, Samara viloyati, Saratov viloyati, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov viloyati, Chuvashiya Respublikasi) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Qozon shahridagi mamlakat bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini ma'lum qilgan: +7-843-526-55-64, +7-843-526-55-65.

Top