Özbekistonda yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraşiş rejalari işlab çiqildi, unda bahsli normalar ham bor
|22:19 / 29.04.202438 5088 min
Köçmas mulk va avtomobil sotuvi faqat naqdsiz şaklga ötkazilişi mumkin. Soliq qömitasi yana kartadan kartaga ötkazmalarni nazorat qilişga urinyapti. Naqd pulda xarid qilgan fuqarolarga keşbek bermaslik, QQSni qaytariş muddatini uzaytiriş va soliq organlariga tadbirkorning hududiga kiriş vakolatini beriş kabi takliflar ham bildirilmoqda.
Google PhotosGoogle Photos
Hukumat yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraşiş böyiça yangi rejalarni tayyorladi. Bu rejalar “Yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraşiş böyiça kompleks çora-tadbirlarni amalga oşiriş töğrisida”gi prezident qarori loyihasida aks etgan.
Hozirça jamoatçilik muhokamasiga qöyilmagan hujjat vazirlik va idoralar bilan kelişilmoqda. Hujjat matni Kun.uz ixtiyorida mavjud.
Loyihada 2024 yil 1 maydan boşlab quyidagilarni joriy etiş taklif etilgan:
quriliş korxonalari tomonidan jismoniy şaxslarga köçmas mulk obektlari realizatsiya qilinganda soliq bazasini aniqlaşda har bir kvadrat metr uçun minimal miqdorlardan kelib çiqib hisoblaş;
uy-joy, köçmas mulk va avtotransport vositalari sotuvini faqat naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida amalga oşiriş. Bunda jismoniy şaxslar tomonidan mazkur oldi-sotdi şartnomalari bank ma’lumotlari asosida, yuridik şaxslar tomonidan esa elektron hisobvaraq-faktura orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarning amalga oşirilganini tasdiqlovçi hujjat mavjud bölgan taqdirda notarial rasmiylaştiriladi.
Şuningdek, tovar va xizmatlar narxi 3000 dollardan oşiq bölganda, tölovlarni faqat naqd pulsiz şaklda amalga oşiriş taklif etilmoqda. Ulgurji savdoni ham töliq naqd pulsiz hisob-kitoblarga ötkaziş rejalaştirilgan.
2024 yil 1 iyulga qadar:
şaharsozlik normalari va qoidalariga asoslangan quriliş obekti uçun quriliş materiallari va sarf-xarajatlarining çeklangan örtaça miqdorini qat’iy belgilaş tizimini joriy etiş;
“POS” terminallar örnatiş xarajatlarini foyda va aylanmadan olinadigan soliq bazasidan çegirib taşlaş;
“POS” terminallar orqali amalga oşirilgan tovar aylanmalariga nisbatan foyda va aylanmadan olinadigan soliq stavkalarini 5 foizga kamaytiriş taklif qilinmoqda.
Bundan taşqari, loyihada Soliq qömitasining vakolatlarini kengaytirişga qaratilgan quyidagi normalar ham bor.
QQS summasini qaytariş muddati uzaytirilişi mumkin
2024 yil 1 barça tadbirkorlik sub’yektlari, şu jumladan yirik soliq tölovçilari uçun qöşilgan qiymat soliğining salbiy farq summasi örnini qoplab berişni murojaat qilingan kundan boşlab 60 kundan 75 kun içida amalga oşiriş taklif qilinyapti. Tezlaştirilgan tartib va tadbirkorlarning barqarorlik reytingi bundan mustasno.
Eslatib ötamiz, QQSning salbiy farq summasini qaytarib oliş huquqi tadbirkorlarga 2020 yildan boşlab
. 2024 yil 1 apreldan işga tuşgan tadbirkorlarning barqarorlik reytingi natijalari köra esa, A toifadagi tadbirkorlarga QQSni 1 kunda qaytarib beriş amaliyoti yölga
Bu örinda, QQSning salbiy farq summasi örnini qoplab beriş muddatini uzaytiriş yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraşişga qanday yordam berişi borasida savollar paydo böladi.
E’tirozlarga sabab bölgan E-Aktiv
1 iyuldan boşlab yirik soliq tölovçilar va yuqori likvidli tovarlarni işlab çiqaruvçi korxonalar uçun asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarni hisobga oliş (sotib oliş (quriş), işga tuşiriş, qayta baholaş, tasarruf etiş) hamda öz ustav fondini (ustav kapitalini) şakllantiriş va kamaytiriş bilan boğliq barça operatsiyalarini majburiy tarzda soliq organlarining E-Aktiv axborot tizimi orqali aks ettiriş ham taklif etilyapti.
2021 yildagi hukumat qaroriga köra, tizim 2022 yil 1 yanvardan işga tuşişi kerak edi. Biroq bu tadbirkorlar va buxgalterlarning jiddiy e’tiroziga sabab böldi. Ularga köra, barça tovar-moddiy boyliklarni tizimga kiritiş qiyin iş va bu biznes uçun ortiqça byurokratik tösiqlarni vujudga keltiradi.
E’tirozlardan keyin tizimni majburiy qöllaş 2023 yil 1 martgaça keçiktirildi. 2023 yilning mart oyida esa Soliq qömitasi muddat 2024 yilgaça uzaytirilganini ma’lum qilgan bölsa-da, amalda bu tizimni majburiy qöllaş amaliyoti hali kuçga kirmagan. Soliq qömitasi matbuot xizmati Kun.uz'ga E-Aktiv hozir ham işlab turgani, undan foydalaniş soliq tölovçilar uçun oson va qulay tizimga aylanmaguniça Soliq qömitasi soliq tölovçilarga e’tiroz bildirmasligini ma’lum qildi.
Agar qaror imzolansa, 1 iyuldan yirik soliq tölovçilar va yuqori likvidli tovarlarni işlab çiqaruvçi korxonalar uçun E-Aktiv majburiy bölişi mumkin.
Şuningdek, loyihada aylanmadan olinadigan soliqning qat’iy belgilangan summada tölaş tartibi bekor qilinişi ham közda tutilyapti. Bunday tartib 2023 yil 1 yanvardan yölga qöyilgan edi.
Naqd puldagi xaridlar uçun keşbek qaytarilmasligi mumkin
Hujjat loyihasidan joy olgan yana bir taklif – 2024 yil 1 iyuldan boşlab çakana savdo, xizmat körsatiş hamda umumiy ovqatlaniş sohalarida jismoniy şaxslar tomonidan tölovlar mobil ilovalar (naqdsiz) va plastik karta orqali amalga oşirilganda 1 foiz miqdorida keşbek qaytariş, tölovlar naqd pulda amalga oşirilganda esa keşbek qaytarişni bekor qiliş bilan boğliq.
Amaldagi tartibga köra, tölovlar naqd yoki naqdsiz şaklda amalga oşirilişidan qat’i nazar QR-kodli çeklar orqali xarid summasidan keşbek oliş huquqiga ega. Ta’kidlaş kerakki, sotuvçi onlayn kassa maşinasiga xarid ma’lumotlarini kiritib, xaridorga çek berganining öziyoq u soliq organiga sotgan narsasini körsatayotgani va soliqdan qoçmayotganini anglatadi.
Özbekiston fuqarolari xarid summasining 1 foizini keşbek şaklida qaytarib oliş imkoniyati 2022 yil 1 yanvardan kuçga kirgandi. 2024 yil 1 yanvardan boşlab maksimal keşbek miqdori oyiga 60 BHMning 1 foizi (204 ming söm) deb belgilangan.
P2P nazorati yana kun tartibiga qaytişi mumkin
Qaror loyihasida Soliq qömitasi Markaziy bank bilan birgalikda ikki oy muddatda tovar va xizmatlar uçun tölovlar jismoniy şaxslarning plastik kartalari (P2P) orqali amalga oşirilişini tartibga soliş maqsadida P2P operatsiyalarida muayyan çegaradan oşgan tranzaksiyalar böyiça özaro ma’lumot almaşinuvi yuzasidan Memorandum imzolaşi ham nazarda tutilyapti.
Soliq qömitasi kartadan kartaga ötkazmalarga oid ma’lumotlarni qölga kiritişga bir neça yildan beri urinib keladi. Ötgan yili bu boradagi norma Adliya vazirligi ekspertizasidan ötkazilmay prezident farmoniga kiritilgan, bu esa tanqidlarga sabab bölgandi. Oxir-oqibat yangi konstitutsiya talablarini hayotga joriy etiş böyiça prezident farmoni bilan bu talab bekor qilingandi.
Soliq organlari tadbirkorning hududiga kirişi mumkin böladi
Yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraşişga qaratilgan hujjat loyihaga köra, soliq organlari soliq tölovçining hududiga kiriş va binoni közdan keçiriş vakolatini olişni istayapti.
Soliqçilarga tekşiruv natijasida quyidagi holatlar aniqlangan taqdirda tadbirkorlik sub’yektlarini xabardor qilmasdan hamda Biznes ombudsmanni tekşiriş kunida xabardor qilgan holda belgilangan tartibda sayyor tekşiruvlarini ötkaziş vakolati berilişi mumkin:
tölov intizomiga rioya qilmaslik, şu jumladan nazorat-kassa texnikasi va (yoki) hisob-kitob terminallari qöllanişi tartibini buziş,
xaridorga fiskal çek bermaslik;
işçi xodimlar sonini yaşiriş;
yer qa’ridan foydalanişda soliq qonunçiligini buziş.
Eslatib ötamiz, 2024 yil 1 yanvardan e’tiboran kameral soliq tekşiruvida soliq tölovçining hududiga kiriş; soliq tölovçining hududini va binolarini közdan keçiriş; soliq tölovçidan hujjatlarni talab qilib oliş va uni çaqirtiriş va soliq tölovçining hujjatlari va buyumlarini olib qöyiş taqiqlangandi.
Soliq kodeksining 138-moddasiga uşbu norma 2023 yil 28 dekabrdagi hukumat qarori bilan kiritilgandi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi