20:47 / 01.12.2020
7498
Tramp prezidentlikni tark etishdan oldin Xitoyning yana bir nechta kompaniyalariga zarba bermoqchi

CNOOC uchun sanksiyalar jiddiy zarba bo‘ladi. Kompaniyaning ExxonMobil bilan umumiy loyihalari bor, u AQSh qurilmalaridan foydalanadi.

Foto: AFP

Donald Trampning prezidentlikdan ketishi oldidan Xitoyning China National Offshore Oil Corp (CNOOC) neft burg‘ulash kompaniyasiga nisbatan AQSh sanksiyalari kiritiladi. Bu haqda Oq uydagi manbasiga tayanib Reuters xabar berdi.

 Cheklov choralari kiritilishiga Janubiy Xitoy dengizida olib borilayotgan burg‘ulash ishlari sabab bo‘ladi, deb taxmin qilmoqda Syamin universiteti huzuridagi XXR energetika siyosati tadqiqotlari instituti dekani Lin Bosen.

CNOOC uchun sanksiyalar jiddiy zarba bo‘ladi. Kompaniyaning ExxonMobil bilan umumiy loyihalari bor, u AQSh qurilmalaridan foydalanadi. Xorijiy investorlar kapitalning 16,5 foiziga ega bo‘lib, kompaniya tashqaridan moliyalashtirish manbalarini topishiga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, sanksiyalar ro‘yxatiga China Construction Technology Co Ltd, China International Engineering Consulting Corp va Semiconductor Manufacturing International Corp (SMIC) kompaniyalari ham kiritiladi. Oxirgi kompaniya mikrosxemalar ishlab chiqaruvchi yirik kompaniya hisoblanadi.

Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Xua Chunin AQSh yangi savdo to‘siqlari joriy etmasligiga umid bildirdi.

Top