16:30 / 10.12.2020
3893
Huvaydo – sizning zamonaviy uyingiz!

Oilangiz bilan keng, shinam xonadonda hamda sokin maskanda yashashni istaysizmi? Unda Huvaydo turar joy majmuasiga tashrif buyuring. Majmuadagi xonadonlar va ularning kadastr hujjatlari ham tayyor. Xaridorlarga tayyor ta'mirlangan xonadonlar 18 oylik muddatli to‘lov va xaridning boshqa qulay shartlari bilan taklif etiladi.

Kelayotgan yilda yangi xonadonga ko‘chib o‘tishni rejalashtirayotganlar uchun Huvaydo turar joy majmuasi ma'qul kelishiga ishonamiz. Majmua to‘liq qurib bitkazilgan, undagi ko‘plab xonadonlar allaqachon o‘z egasini topgan. Sotuvda faqat sanoqli xonadonlar qoldi. Majmua o‘zining keng hovlisi, zamonaviy uy-joylari bilan alohida ajralib turadi.

Huvaydo Tower majmuaning markazida joylashgan 7 qavatli uy bo‘lib, u tashqi va ichki ko‘rinishidan mehmonxonaga o‘xshaydi. Ko‘p qavatli uy ichkarisida sizni oddiy yo‘lak o‘rniga ulkan aylana atrium qarshi oladi. Xaridorlarga 133 m² maydonga ega katta xonadonlar taklif etiladi. Keng va noan'anaviy loyihalangan xonadonlarga panorama oynalar o‘rnatilgan. Barcha xonadonlar sifatli ta'mirlangan.

Turar joy majmuasi barcha yoshdagi istiqomat qiluvchilar uchun mo‘ljallangan. Majmua hovlisida bolalar va sport maydonchasi, favvora, sayr yo‘laklari mavjud. Hudud uzluksiz qo‘riqlanadi. Huvaydo turar joy majmuasi poytaxtning sokin va fayzli maskanlaridan birida joylashgan. Majmua katta ko‘chaga yaqin joyda, mahalla ichida shovqindan xoli hududda bunyod etilgan. Uning yaqinida zamonaviy maktab, bolalar bog‘chasi, ikkita katta masjid, oziq-ovqat, gullar, shirinlik va kiyim do‘konlari, qahvaxona, restoranlar hamda turli xizmat ko‘rsatish maskanlari joylashgan. «Beruniy» metro bekatigacha piyoda 10 daqiqalik yo‘l.

Shuningdek, har bir xaridorga yer osti avtoturargohdan joy sovg‘a qilinadi. Shoshiling, bizda xonadonlar oz qoldi.

Batafsil ma'lumotlarni siz quyidagi telefon raqami yoki sotuv ofisiga tashrif buyurib bilib olishingiz mumkin:

Telefon: +99895 194-00-40

Sotuv ofisi manzili: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, al-Xorazmiy ko‘chasi, 60-65 uylar.

Telegram: t.me/huvaydoresidence

Facebook: fb.com/huvaydoresidence

Instagram: @huvaydo_residence

Sayt: huvaydo-residence.uz

Reklama huquqi asosida

Top