Huvaydo turar joy majmuasi zamonaviy va keng xonadonlarini taklif etadi. Majmua qurib bitkazilgan, undagi barça xonadonlar tayyor ta'mirlangan. Muhtaşam majmuadan qulay şartlar bilan xonadon egasi böling.
Imkoniyatni qöldan çiqarmang. Xaridorlarga tölovning foydali şakllari va çegirmalar taqdim etiladi. Har bir yangi xonadon egasiga yer osti avtoturargohidan joy sovğa qilinadi! Xonadonlar tayyor, ta'mirlangan holda sotuvga çiqarilgan. Majmuada barça yoşdagi aholi farovon hayoti va dam olişi uçun hamma şaroitlar yaratilgan. Şoşiling, majmuada sanoqli xonadonlar qolgan!

Muhtaşam majmua. Turar joy majmuasida umumiy oltita uy qurilgan bölib, ulardan beştasi olti qavatli. Maskan markazida bunyod etilgan Huvaydo Tower esa yetti qavatdan iborat. Bino içkarisidagi mahobatli atrium yetti qavatli aylana içki intererga özgaça fazoviy muhit baxş etgan. Şuningdek Finlandiyaning şovqinsiz, oynavand «Kone» liftlari xizmatingizda böladi. Majmua hovlisi 17000 kvadrat metr maydonga ega. Bu yerda istiqomat qiluvçilar uçun yopiq, uzluksiz qöriqlanadigan hovlida bolalar va sport maydonçasi, sayr yölaklari, yer usti avtoturargohlari, favvora va boşqalar bunyod etilgan. Majmuada oilangiz bilan farovon hayot keçirişingiz uçun barça qulayliklar yaratilgan.

Tayyor xonadonlar. Xonadonlar va ularning kadastr hujjatlari ham tayyor. Sizni keng maydonga ega tayyor, yoruğ xonadonlar kutmoqda. Barça xonadonlar sifatli ta'mirlangan. Panorama derazalar örnatilgan. Xonadonlarni loyihalaşda noodatiy yeçimlardan foydalanilgan bölib, unda zamonaviy uslub sezilib turadi.


Qulay manzil. Huvaydo turar joy majmuasi poytaxtimizning tarixiy mahallalaridan birida joylaşgan. Turar joy majmuasi atrofida ikkita masjid, gipermarket, oziq–ovqat va kiyim, sovğalar dökonlari, qahvaxona, restoranlar hamda turli xizmat körsatiş maskanlari joylaşgan. «Beruniy» metro bekatigaça piyoda 10 daqiqalik yöl.

















