16:08 / 11.12.2020
6576
Dam olish kunlari havo harorati deyarli o‘zgarmaydi - «O‘zgidromet»

Shu kunlarda havo harorati deyarli o‘zgarmaydi. Bu haqda «O‘zgidromet» tomonidan e'lon qilingan ma'lumotda aytilgan.

Foto: KUN.UZ

Qayd etilishicha, dam olish kunlari yuqori siklonli bulutli massiv asta-sekin O‘zbekistonning qolgan hududlariga siljiydi. 

12 dekabrda janubi-g‘arbiy hududlarda, 13 dekabrda Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining ba'zi joylarida biroz qor yog‘ishi mumkin. 

Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.

Top