14:48 / 17.12.2020
2115
Mirzaobodda Sirdaryo viloyati yoshlari IT ishlanmalari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

Mirzaobod tumani IT Center filialida Sirdaryo viloyatining o‘n bir tuman va shaharlari o‘rtasida iqtidorli yoshlar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlar o‘zlarining ixtirolari va dasturlari bilan qatnashishdi.

«Yoshlar o‘zlarining sharoit va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda yaratgan ishlanmalarini ko‘rgazma qilishdi. Bu esa chekka-chekka joylardagi bolalarning ixtirochilikka qiziqishi qay darajada kuchliligini ko‘rsatdi», deyiladi Sirdaryo viloyati IT Center matbuot xizmati xabarida.

Viloyat IT Center va Yoshlar Ittifoqi bilan birgalikda ularning ishlanmalariga baho berilib, 4ta nominatsiyada rag‘batlantirildi. Eng yaxshi dastur, Eng yaxshi texnika, Eng yaxshi robototexnika, eng yaxshi Cyber sportchi yo‘nalishlarida birinchi ikkinchi va uchinchi o‘rinlar bilan taqdirlandi va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Top