Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining Mirzaobod tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda Mirzaobod tuman yöllardan foydalaniş unitar korxonasi mas’ul şaxslari va boşqalar 2021 yilda Mirzo Uluğbek mahallasi hududidagi köçalarni joriy ta’mirlaş uçun ajratilgan budjet mablağlarini talon-toroj qilgani aniqlangan.
Ta’kidlanişiça, mas’ullar işlarni sifatsiz amalga oşiriş orqali 307 mln söm hamda hisobotlarga amalda bajarilmagan işlarni qöşib yoziş orqali 143 mln sömni özlaştirişgan.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) va 209-moddasi (Mansab soxtakorligi) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda”, deyiladi departamentning telegram-kanalida e’lon qilingan xabarda.
Avvalroq yöllarni ta’mirlaş jarayonida Sirdaryoda 1,5 mlrd, Qoraqalpoğistonda 371,7 mln, Bökada 266,8 mln, Kitobda 176,4 mln söm miqdoridagi budjet pullari talon-toroj qilingani aniqlangandi.
Transport vazirligi huzuridagi Yöl-quriliş işlari sifatini nazorat qiliş inspeksiyasi boşqarma boşliği Dilşod Oxunjonov yöl qurilişida 8 ta holatda qariyb 474 million sömlik quriliş-montaj işlari sifatsiz bajarilganini ma’lum qilgandi.
2022 yilning 4 oyida yöl qurilişi sohasida 3 mingdan ortiq qoidabuzarlik aniqlangan.










