00:40 / 18.12.2020
13479
The Best-2020. FIFA yilning eng yaxshilarini e'lon qildi
Foto: FIFA

FIFA 17 dekabr kuni onlayn-formatda o‘tkazilgan tadbirda bir qator nominatsiyalar bo‘yicha yilning eng yaxshilarini e'lon qildi.

Eng yaxshi o‘yinchi – Robert Levandovski («Bavariya», Polsha).

Eng yaxshi murabbiy – Yurgen Klopp («Liverpul», Germaniya).

Eng yaxshi darvozabon – Manuel Noyyer («Bavariya», Germaniya).

Eng chiroyli gol muallifi – Son Hyon Min («Tottenhem», Janubiy Koreya).

Fair Play sovrini – Mattia Agnes («Ospedaletti», Italiya).

Ramziy terma jamoa: Alisson Bekker («Liverpul», Braziliya) – Trent Aleksander-Arnold («Liverpul», Angliya), Virjil van Deyk («Liverpul», Niderlandiya), Serxio Ramos («Real», Ispaniya), Alfonso Devis («Bavariya», Kanada) – Yozua Kimmix («Bavariya», Germaniya), Kevin de Bryuyne («Manchester Siti», Belgiya), Tiago Alkantara («Bavariya»/«Liverpul», Braziliya) – Robert Levandovski («Bavariya», Polsha), Lionel Messi («Barselona», Argentina), Krishtianu Ronaldu («Yuventus», Portugaliya).

Top