17:00 / 18.12.2020
10042
Toshkentda Yaponiya raqamli universiteti tashkil etildi. U qanday universitet?

So‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonda ham nodavlat oliy ta'lim muassasalari tashkil etilmoqda. 2020 yil 2 dekabrda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori asosida Toshkentda nodavlat Yaponiya raqamli universiteti tashkil etildi. Mazkur universitet, shuningdek, uning imkoniyatlari, ta'lim tizimi va kontrakt miqdorlari haqida bilish uchun universitet rektori Ravshanbek Mamajonov​​​​​​ bilan suhbat tashkil qildik. 

Ravshanbek aka, dastlab universitet haqida ma'lumot berib o‘tsangiz?

“Japan Digital University” yapon tili va IT muhandislik mahoratini mukammal o‘rganib, Yaponiya universiteti va O‘zbekistonning davlat universiteti ilmiy darajasini qo‘lga kiritish imkoniyatini beradi.

Shuningdek, universitet tamomlanayotgan davrda, talabani Yaponiyaning nufuzli kompaniyalariga ishga joylashishi uchun tavsiya qilishgacha bo‘lgan mas'uliyatni oluvchi har ikki davlatdagi rasmiy universitet hisoblanadi.

Ravshanbek Mamajonov​​​​​​

JDUning qanday afzalliklari bor?

- Kelajakda dunyo miqyosidagi biznesmen sifatida faoliyat yurita oladigan, IT muhandisligi soha mutaxassislarini yetishtirish;

- Bir vaqtning o‘zida O‘zbekistonda tan olinadigan JDU diplomi hamda Yaponiya universiteti diplomini qo‘lga kiritish;

- Yaponiyada ishga joylashish va yuqori maoshda ishlash, nou-hau va aloqalarni qo‘lga kiritgandan so‘ng esa O‘zbekistonga qaytib biznes yarata olish;

- Yaponiya universitetlarining yuqori sifatli ta'lim dasturi va yapon tilini o‘qitish hamda qo‘llab-quvvatlash tizimi;

- Toshkentdagi O‘zDJTUning o‘quv kampusida ta'lim olish imkoniyati;

- Ikki davlat o‘rtasida professional hamda do‘stona hamkorlikni o‘rnatish, tajriba almashish va IT rivojiga hissa qo‘shish;

- Ikkinchi kursdan boshlab internet orqali Yaponiyadan berilgan ishlarni bajarib, ushbu daromad bilan o‘qish pulini to‘lay olish imkoniyati;

- O‘qish xarajatlarining bir qismini o‘qishni bitirib bo‘lgach, Yaponiyada ishga joylashgandan keyingi daromaddan bo‘lib to‘lash mumkin bo‘lgan reja tayyorlangan bo‘lib, o‘qish jarayonida to‘lanadigan o‘qish puli miqdori davlat universitetlari darajasida arzon bo‘ladi;

- Ta'lim mobaynida to‘lanadigan ta'lim to‘lovini davlat universitetlari qatorida ushlab turish uchun, ta'lim to‘lovi bo‘yicha yordam tizimi yo‘lga qo‘yilgan;

Universitet o‘z oldiga qanday maqsadlarni qo‘ygan?

Bu Toshkentda tashkil qilingan JDU kampusi (O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hududi)dan turib, Yaponiya universitetida ta'lim olish imkoniyati yaratilgan universitetdir. JDU kampusi Yaponiya bilan onlayn bog‘langan bo‘lib, Yaponiyadagi universitetning darslariga qatnashish mumkin. Bundan tashqari, JDU kampusida fasilitator rahbarligida o‘tkaziladigan talabalar o‘rtasidagi muhokamalar va taqdimotlarga asoslangan "output" o‘rganish asosida, almashish ko‘nikmalar shakllantiriladi.

Bundan tashqari, talaba yapon tili ta'limi, IT muhandisligi sertifikatlari va Yaponiyada ishlashga oid bilimlar kabi Yaponiyada ishlashda qo‘l keladigan yuqori darajadagi mutaxassislik salohiyatlarini o‘zlashtiradi.

Shuningdek, o‘qishni tamomlashdan oldin JDU vositachiligi yordamida Yaponiyaning nufuzli kompaniyalaridan biriga ishga kirish hal qilinadi va o‘qish tamomlangach Yaponiyaga borib, IT muhandisi sifatida yuqori maoshli zamonaviy ish joylarida ishlash mumkin bo‘ladi.

Kirish imtihonlari qanday tartibda o‘tkaziladi?

JDUning kirish imtihonlari VEB orqali 2 hafta davom etadi. O‘qishni tamomlagandan so‘ng Yaponiyada IT-muhandis sifatida ishlash maqsad qilib qo‘yilganligi sababli, asosiy e'tibor matematika va yapon tilini o‘zlashtirish darajasiga qaratiladi. Lekin abituriyentlardan oldindan yapon tilini bilish talab etilmaydi. Kirish imtihonlari davrida yapon tili boshlang‘ich daraja darslariga onlayn qatnash orqali yapon tili o‘rganiladi va shunga ko‘ra natijalar hisoblanadi.

2020-2021 o‘quv yilining sentyabr (kuzgi) qabuli kvotasi: 150 nafar. Shuningdek 10 nafar grant ham ajratilgan.

Hujjat topshirish muddati 2020 yil 10 dekabrdan 2021 yil 4 yanvargacha davom etadi. Hujjatlar topshirilib, imtihon to‘lovlari amalga oshirilgan paytdan boshlab kirish imtihonlari (ta'lim olish) boshlanadi. Imtihonda qatnashish uchun 980 ming so‘m to‘lovi bor

Kirish imtihoni muddati 2021 yil 5 yanvardan 18 yanvargacha o‘tkaziladi. Kirish imtihonlari 2 hafta davomida bo‘lib o‘tadi.

Imtihon natijalari 2021 yil 21 yanvar sanasida e'lon qilinadi. Kirish imtihonlari muddati davomidagi ta'lim olish tarixi tahlil qilinib, muvaffaqiyatli nomzodlar tanlab olinadi va e'lon qilinadi.

Universitetga qabul qilish jarayoni 2021 yil 27 yanvardan 29 yanvargacha bo‘lishi rejalashtirilgan. Ta'lim to‘lovini amalga oshirish bilan birga, universitetga qabul qilish jarayonlari ham tugallanadi.

O‘qish 4.5 yil davom etadi. Birinchi 6 oy yapon tilidan, tayyorlov, keyin apreldan Yaponiya hamkor universitetlari darslarida qatnashishni boshlashadi. Yapon tilini o‘zlashtirishga vaqt kerak bo‘ladigan talabalar 5 yil yoki 5.5 yilda ham bitirishlari mumkin, lekin ular qo‘shimcha pul to‘lashmaydi. Ya'ni 4.5 yilda bitirgan talaba 4.5 yilda umumiy miqdorda qancha shartnoma puli to‘lagan bo‘lsa, 5 yil yoki 5.5 yilda bitirgan talaba ham aynan o‘sha summani to‘laydi. Qabul jdu.uz veb saytida davom etmoqda.

Koll-sentr: (71) 200-05-95
Sayt: jdu.uz
Telegram: t.me/jduniversity_uz
Instagram: instagram.com/jdu.uz
Facebook: facebook.com/jdu.uz

Top