10:27 / 18.12.2020
5359
Xorazm viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tayinlandi 

Botir Saidov Xorazm viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda.

Botir Saidov 1975 yilning 13 avgustida Bog‘ot tumanida tug‘ilgan. 1997 yil Urganch Davlat universiteti, 2006 yil O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi – agrobiznes, bozor iqtisodiyoti asoslari va tamoyillari.

B. Saidov bugunga qadar “Xalq banki” Aktivlar monitoringi va muammoli aktivlar bilan ishlash kompleksi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Top