10:36 / 19.12.2020
3882
DXX 5 kilogramm «geroin», 17 kilogramm «opiy» va qariyb 2 kilogramm «gashish» moddalarini musodara qildi

Tojikiston fuqarosi Sh.Q. davlat chegarasining Toshkent viloyati Bekobod tumanidan o‘tadigan qismidan O‘zbekiston hududiga noqonuniy ravishda o‘tgan vaqtida DXX ChQ harbiy xizmatchilari tomonidan qo‘lga olindi. 

DXX matbuot xizmati xabariga ko‘ra, unga tegishli bo‘lgan 2ta xo‘jalik qopi ko‘zdan kechirilganda, u yerda 24ta o‘ram borligi aniqlandi. 

O‘tkazilgan ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu o‘ramlarda 5 kg. 9 gr. geroin, 17 kg. 259 gr. opiy hamda qariyb 2 kg. gashish moddalari borligi ma'lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari doirasida Sh.Q.ning ushbu noqonuniy ishiga aloqador bo‘lgan ikki nafar mahalliy fuqaroga nisbatan qidiruv e'lon qilindi.

Top