Andijon viloyatining Baliqçi tumanidagi çorvaçilikka ixtisoslaşgan mas’uliyati çeklangan jamiyat rahbari uşbu MÇJga çorva mollari uçun ozuqa ekini yetiştiriş maqsadida, uzoq muddatga ijara asosida berilgan 2,5 gektar yer maydonini hamda uning ukasi özi rahbarlik qilayotgan paxta va ğalla yetiştirişga ixtisoslaşgan fermer xöjalikning 17,5 gektar yer maydonini, jami 20 gektar yer maydonini özaro til biriktirib, noqonuniy ravişda xaridorga 225 ming AQŞ dollariga sotgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari tomonidan uşlandi.
Andijon şahrida kuzatilgan holatda 1990 va 1993 yillarda tuğilgan aka-uka “Yer tuziş va köçmas mulk kadastri” davlat korxonasining Andijon şahar filiali sobiq xodimi hamda rieltorlik xizmati körsatuvçi MÇJ rahbari bilan özaro til biriktirib, özganing işonçiga kirişadi va şahar hokimligi zaxirasidagi 33 sotix yer maydonini mansabdor tanişlari orqali uning nomiga rasmiylaştirib beriş evaziga 52 ming AQŞ dollari talab qilişadi. Ammo, ular söralgan pul mablağini MÇJ rahbarining xonasida olgan vaqtlarida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Qaşqadaryo viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan IJQKD hamda IIB bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda, Qamaşi tumanida yaşovçi şaxs özini göyoki tuman kadastr bölimi xodimi deya taniştirib, Kökdala tumanida istiqomat qiluvçi fuqaroning işonçiga kiradi va boşqa bir fuqaroga tegişli bölgan 40 sotix yer maydonini mansabdor tanişlari orqali uning nomiga rasmiylaştirib beriş evaziga 12 ming AQŞ dollari va 98 mln 800 ming söm olgan vaqtida uşlandi.
Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.













