12:29 / 24.12.2020
3672
Manzara turar joy majmuasi: dekabr – sarhisob qilish vaqti

Bizning Uylar Development kompaniyasi Manzara turar joy majmuasining qurilish maydonidagi bajarilgan ishlar bilan tanishtirishda davom etadi.

Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi keng ko‘lamli turar joy majmuasida qurilish jarayonlari davom etmoqda. Ayni paytda majmuaning ko‘p qavatli turar joylari birin-ketin qad rostlamoqda. Turar joy qurilish tezligi shiddat bilan olib borilib, haftasiga binoning ikki qavati qurilmoqda. Bunday samarali qurilish asosan ilg‘or qurilish texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.

Qurilishning dastlabki bosqichida kompaniya zamonaviy Deep Mixing texnologiyasidan foydalangan holda tuproqni mustahkamlash ishlarini olib bordi. Yuqori texnologiyali ushbu usul 8-9 ballik zilzilaga bardosh beradigan yuqori seysmologik qarshilikka ega ko‘p qavatli binolarni qurishga imkon beradi. Mintaqaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, binolarning mustahkamligi va xavfsizligi kafolatlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Manzara – shahar tipidagi Yunusobod Business City mavzesi tarkibidagi zamonaviy va funksional turar joy majmuasi. Uning umumiy qurilish maydoni 45,5 gektarni tashkil etadi. Unda 12 ta ko‘p qavatli uy-joy binolari, hamda umumiy 1096 ta xonadon mavjud. Aholi uchun rivojlangan va puxta o‘ylangan infratuzilmaning barcha afzalliklari – yopiq avtoturargoh, sayr xiyobonlari, bolalar va sport maydonchalari, ko‘kalamzor maydonlar, tijorat va savdo zonalari hamda boshqalar yaratiladi.

Manzara turar joy majmuasining barcha xaridorlarini yangi yil arafasida xonadonlar xaridi uchun qulay shart-sharoitlar, yoqimli bonuslar hamda maxsus takliflar kutmoqda.

Uy-joy turlari, to‘lov usullari va muddatli to‘lov shartlari to‘g‘risida batafsil ma'lumotlarni sotuv ofisiga tashrif buyurgan holda olishingiz mumkin.

Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Chinobod ko‘chasi.

Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunlarisiz soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Batafsil ma'lumotlarni quyidagi telefon raqamidan olishingiz mumkin: +99871-210-44-44

Sayt: bizninguylar.uz

Instagram: @bizninguylar

Telegram: t.me/bizninguylar

Facebook: fb.com/bizninguylar

Reklama huquqi asosida

Top