08:26 / 28.12.2020
8751
2021 yil uchun Toshkent shahar budjeti zaxira jamg‘armasi hajmi ma'lum qilindi

Toshkent shahar hokimining “2021 yil uchun Toshkent shahar mahalliy budjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi. 

Quyidagi soliq turlari va boshqa majburiy to‘lovlar Toshkent shahar mahalliy budjeti hamda tumanlar mahalliy budjetlari o‘rtasida taqsimlanadi:

  • yakuniy iste'molchilarga benzin, dizel va gaz realizatsiya qilishdagi aksiz solig‘i;
  • aylanmadan soliq;
  • yuridik shaxslardan olinadigan mulk solig‘i;
  • yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i;
  • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.

Toshkent shahar mahalliy budjetiga quyidagi soliq turlari va boshqa majburiy to‘lovlar to‘lig‘icha o‘tkaziladi:

  • elektr stansiyalari tomonidan to‘lanadigan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
  • qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda davlat bojlari (patent boji va litsenziya berganlik uchun davlat bojlaridan tashqari);
  • qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undiriladigan jarimalar;
  • qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulk, mahalliy hokimliklar aktivlari bo‘yicha davlat unitar korxonalari sof foydasidan ajratmalar va dividendlar;
  • xarid qilganlik uchun ichki ishlar organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtida avtotransport egalari (foydalanuvchilari) tomonidan to‘lanadigan yig‘im.

Quyidagi soliq turlari tumanlar budjetiga to‘liqligicha o‘tkazib beriladi:

  • jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i;
  • jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i;
  • jismoniy shaxslarning mulklarni ijaraga berishidan olinadigan yillik daromadlari bo‘yicha deklaratsiyaga asosan hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan daromad solig‘i;
  • qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda davlat aktivlarini ijaraga berish va xususiylashtirishdan tushadigan daromadlar;
  • mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz solig‘i va alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivo uchun aksiz solig‘idan tushumlar 2020 yil 1 iyul holatiga ko‘ra Toshkent shahar aholisini respublika aholisidagi ulushiga muvofiq o‘tkazib beriladi.

2021 yilda Toshkent shahri umumta'lim muassasalarini, maktabgacha ta'lim tashkilotlarini, sog‘liqni saqlash muassasalarini va ichimlik suvi bilan ta'minlash tizimi obektlarini loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish), kapital ta'mirlash va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalarga doir xarajatlar Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladi.

2021 yildan boshlab barcha issiqlik energiyasini yetkazib beruvchi korxonalar tomonidan ko‘rsatiladigan issiqlik ta'minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar (tariflar) bo‘yicha dastlab Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy organlari xulosalariga ko‘ra, tegishincha xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashlari qarorlari bilan ma'qullanganidan so‘ng Toshkent shahar hokimi tomonidan tasdiqlanadi.

2021 yil uchun Toshkent shahrining shahar budjeti zaxira jamg‘armasi hajmi 28,8 mlrd. so‘m miqdorida belgilanadi.

Top