20:00 / 29.12.2020
3722
Dream City Development kompaniyasidan o‘tayotgan yil sarhisobi

Dream City Development kompaniyasi barcha hamkorlar, mijozlar va hamkasblarga samarali yil uchun minnatdorchilik bildiradi. An'anaga ko‘ra, kelayotgan yil arafasida o‘tgan yil yakunlarini sarhisob qilish va yangi yutuqlarning boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi. O‘tayotgan yil o‘ziga xos sinovli davr bo‘ldi. Birgalikda barcha mashaqqat, sinovlardan munosib o‘tib, yanada kuchliroq bo‘lib, muvaffaqiyat qozonganimizdan mamnunmiz.

Kompaniya o‘zaro manfaatli hamkorlik va sadoqat uchun samimiy minnatdorchiligini bildiradi. Hamkor va mijozlarning har tomonlama qo‘llab-quvvatlashi va ishonchi tufayli biz bu yilni mamlakatdagi eng muvaffaqiyatli qurilish kompaniyalaridan biri maqomida yakunlayapmiz.

Barcha qiyinchiliklarga qaramay, kompaniya o‘tayotgan yilda soy bo‘yida joylashgan yangi ulkan loyiha – Seoul Mun savdo va ko‘ngilochar markaziga tamal toshi qo‘ydi. Poytaxtimizdagi mazkur maskan yaqin kelajakda yurtdoshlarimizning sevimli joyiga aylanadi. Ushbu g‘oyadan ilhomlanib, biz eng qiyin paytlarda ham ishlashda va harakat qilishda davom etdik. Shuningdek Boulevard savdo-markazi va shoping avenyudagi savdo joylariga bo‘lgan qiziqish yuqori darajada. Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi hududidagi Boulevard va Gardens Residence turar joy majmuasidagi xonadonlar deyarli to‘liq topshirildi.

Yangi yil bayrami arafasida barchaga omad, kelajakka, imkoniyatlarga ishonch va kuch-quvvat tilaymiz. O‘tayotgan yil har bir inson qanchalik kuchli bo‘lishi mumkinligini, har qanday muammolarni qanday qilib birgalikda munosib yengishimiz, do‘stlik, hamjihatlik va mehr-oqibat qanchalik muhimligini yana bir bor anglatdi.

Orzu, umidlar va ishonch bilan kelayotgan yilga qadam qo‘yaylik. Kelayotgan yilda sadoqatli sheriklarimizga baxt, omad, salomatlik va muvaffaqiyat yor bo‘lsin. Har bir xonadonda mehr-muhabbat, totuvlik va farovonlik bo‘lsin. Kelayotgan 2021 yil barcha uchun ulkan rejalar amalga oshadigan va katta imkoniyatlar yili bo‘lsin!

Hurmat bilan, Dream City Development.

Sayt: dreamcity.uz

Telegram: t.me/dreamcityuz

Facebook: fb.com/dreamcity.uz

Instagram: @dreamcity.uz

Reklama huquqi asosida

Top