21:27 / 07.01.2021
5202
Samsung batareykasiz ishlovchi televizor pultini taqdim qildi
Foto: Samsung

Samsung Electronics kompaniyasi o‘z tarixidagi ilk virtual taqdimot First Look’da 2021 yilda ishlab chiqaradigan yangi televizorlarini taqdim qildi. E'tiborlisi, kompaniya atrof-muhit haqidagi qayg‘urishi sababli yangi televizorlarini quyosh batareykalarida ishlovchi yangi pultlar bilan jihozlashga qaror qildi. 

Yangi televizorlarning boshqaruv pultini sun'iy yoki tabiiy yorug‘likdan yoxud USB yordamida quvvatlash mumkin.

Ta'kidlanishicha, bunday yechim evaziga keyingi 7 yil davomida AAA turidagi 99 mlnta batareykaning chiqindiga chiqarilishi qisqaradi. Pultlarni tayyorlashda qayta ishlangan idishlardan olinadigan plastik qo‘llash rejalashtirilgan.

Top