20:00 / 07.01.2021
4674
UNG Petro AYoQSh tarmog‘ida CLICK orqali to‘lash va Cashback olish imkoni joriy qilindi

Endi shahar bo‘ylab hamyonbop narxdagi yonilg‘i quyish shoxobchasini qidirib aylanishga hojat yo‘q. Shunday foydali taklif O‘zbekistondagi barcha CLICK foydalanuvchilariga muntazir. Yanada ko‘proq imkoniyatlar. Yanada ko‘proq Cashback. UNG Petro AYoQSh tarmog‘ida yonilg‘i quyganda CLICK orqali to‘lash va CLICK-hamyonga 2% gacha Cashback olish imkoni ishga tushirildi.

CLICK orqali to‘lov – bu vaqt va mablag‘ni tejash demakdir. UNG Petro AYoQSh tarmog‘ida to‘lovdan keyin Cashback olish uchun kassadagi QR-kodni skanerlash yoki CLICK Evolution ilovasidagi “Joylarda to‘lov” bo‘limida eng yaqin yonilg‘i shoxobchasini tanlash lozim. Undan so‘ng summani kiritib, to‘lovni klikda amalga oshirish qoladi xolos.

Shu bilan birga, yonilg‘i haqini UNG Petro ilovasida ham CLICK orqali to‘lash mumkin.

Internet bo‘lmagan taqdirda yoki ilovaga kirish imkoni bo‘lmaganda esa USSD kod orqali to‘lash usuli ham joriy qilingan. Undan hatto balans tugab, operator aloqani cheklab qo‘yganda ham foydalanish mumkin.

Cashback oldindan ochilgan CLICK-hamyonga tushiriladi. Uni olish shartlari bilan kompaniya saytidagi havola orqali tanishish mumkin.

Ilovani yuklab olish: click.uz

Reklama huquqi asosida

Top