CLICK tölov tizimi orqali amalga oşirilgan telefonga, kommunal xizmatlarga, oziq-ovqatga va köplab boşqa tölovlar summasidan 2%gaça elektron hamyoningizga qaytarib olişingiz mumkin.
Deyarli barça narsalarga CLICK tizimi orqali tölaş imkoni mavjud: mobil aloqa va internet, kommunal va boşqa davlat xizmatlari, oziq-ovqat, kiyim-keçak, ta'lim, suğurta, kafe va restoranlarda. Bu röyxat doimiy ravişda kengayib bormoqda.
Barça xarajatlarning summasi bir oyda ançagina bölişi mumkin. Lekin xarajat qilingan summasining bir qismini xaridga yoki xizmatga tölanayotganda Cashback sifatida qaytarib oliş mumkin.
CLICK kompaniyasi bir qator foydali takliflarni işga tuşirdi – ularga köra CLICK foydalanuvçisi amalga oşirgan tölov summasidan 2%gaça öz elektron hamyoniga qaytarib oladi.

Kompaniya qanday Cashback'larni joriy qildi:
- 2%gaça – CLICK kartasidan yoki CLICK-Hamyonidan amalga oşirilgan har qanday tölov uçun;
- 1%gaça – istalgan bankning söm kartasi yordamida xaridga yoki xizmatga oşirilgan tölovdan;
- 0,5% – CLICK xizmati yordamida kartadan kartaga mablağ ötkazilganda.
Bonus CLICK-Hamyonga tuşiriladi va undan 2000 dan ortiq xizmatlarga tölovlarni amalga oşiriş mumkin hamda ularning soni kundan kunga köpaymoqda. CLICK-Hamyon haqida batafsil ma'lumotni havola böyiça oliş mumkin.

CLICK-Hamyonni oson, bepul va tezgina istalgan interfeys orqali oçiş mumkin – CLICK Evolution ilovasida, Telegram-botda, kompaniya saytida va hattoki *880# USSD-sörovi orqali.
CLICK kartasiga buyurtma beriş ham xuddi şunday oson: CLICK Evolution ilovasi, Telegram-bot yoki kompaniya sayti orqali amalga oşiriladi. Karta 3-4 iş kuni içida tayyor böladi. Viloyatlarda kartani bank bölinmalarida oliş mumkin, Toşkentda esa u uyingizga yetkazib beriladi.

















