08:44 / 16.01.2021
30584
Toshkent shahar IIBB boshlig‘iga general-mayor unvoni berildi

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘iga general-mayor unvoni berildi. Bu haqda IIBB xabarida aytilgan.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston prezidentining 2021 yil 14 yanvar kunidagi 6137-sonli farmoni bilan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i Aziz Toshpo‘latovga "general-mayor" maxsus unvoni berildi.

Gazeta.uz’ning yozishicha, general-mayor unvoni Toshkent IIBB boshlig‘i Aziz Toshpo‘latovga avans bilan topshirilgan. Ushbu unvon O‘zbekiston tarixida faqat ikki marotaba yosh xodimga berilganligi va Aziz Toshpo‘latov eng yosh general-mayor bo‘lganligi ta'kidlab o‘tildi. 

Shuningdek, ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining quyidagi xodimlariga "polkovnik" maxsus unvoni berildi:

  • Otamurod Ahmedov, Mirzo Ulug‘bek tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i;
  • Aziz Sadirov, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari.

Avvalroq, Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonovga general-leytenant harbiy unvoni berilgani xabar qilingandi.

Top