O‘zbekiston | 09:00 / 20.01.2021
4807
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Boulevard Business Center – Tashkent City Xalqaro ishbilarmonlik markazidagi tayyor ta'mirlangan ofislar

Dream City Development kompaniyasi poytaxt biznes hayotining markazida joylashgan Boulevard Business Center'ning o‘ziga xos ofis maydonlari haqida batafsil ma'lumot berdi.

Agar siz poytaxtning biznes va moliyaviy hayoti markazida ishlashni va biznesingizni muvaffaqiyatli rivojlantirishni, har narsadan xabardor bo‘lishni istasangiz e'tiboringizni Boulevard Business Center'ga qaratishingiz lozim. Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida joylashgan Boulevard biznes markazi zamonaviy va funksional biznes maydoniga qo‘yiladigan barcha talablarga javob beradi.

O‘ziga xos fasad

Original futuristik me'morlik biznes markazining individual xususiyatlarini aks ettiradi. Hamda atrofdagi me'moriy landshaftdan o‘zgacha ko‘rinishi bilan alohida ajralib turadi. Konstruksiyaning to‘g‘ri geometriyasi, panorama oynalar, yuqori sifatli pardozlash materiallari – bularning barchasi Boulevard Business Center'ning o‘ziga xos nafisligi va viqorini namoyon etadi.

Ishbilarmonlik markazi hududida birinchi

Boulevard biznes markazi – bu Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi hududidagi birinchi biznes markaz hisoblanadi. Bino yuqori sifat va funksionallikka urg‘u beruvchi o‘ziga xos did va keng ko‘lamni aks ettiradi. Inshoot ikki qavatdan iborat. Birinchi qavatda 14 ta savdo zonalari mavjud. Ikkinchi qavatda esa tadbirkorlarga 16 ta turli formatli ofislar taklif etiladi.

Texnik xususiyatlari

Boulevard biznes markazining ofis binolari hajmi 75 dan 159 kvadrat metrgachani tashkil etadi. Binolar shift balandligi esa 5 metr. Ofislar sifatli ta'mirlangan holda sotuvga chiqariladi. Qavatlar orasida dunyoga mashhur xalqaro kompaniyaning Shindler liftlari xizmat qiladi.

Infratuzilma

Boulevard biznes markazidagi har bir jihat joy egalari, ishchilar, hamkorlar va mehmonlar qulayligi uchun mo‘ljallangan. Bu yerga tashrif buyuradigan kishilar avtomobillari uchun biznes markazda o‘zining qo‘riqlanadigan yer osti avtoturargohi loyihalangan. Ikkinchi qavatga tashrif buyuruvchilar uchun esa resepshn hamda xizmat ko‘rsatish zonasi mavjud. Birinchi qavatdagi tijorat obektlarida umumiy ovqatlanish nuqtalari, savdo do‘konlari va xizmat ko‘rsatish maskanlari tashkil etiladi. Ikkinchi qavatdagi ofis egalari uchun tevarak atrof va manzarali park yaqqol ko‘zga tashlanib turadigan ochiq terrasa bunyod etilgan. Mazkur zona tushlik paytidagi hordiq, hamkorlar bilan ishbilarmonlik suhbatlari uchun juda qulay joy hisoblanadi.

Boulevard'dagi sizning biznesingiz

Mukammal ofis har qanday muvaffaqiyatli loyihaning tashrif qog‘ozi, biznes egasining didi va obro‘yi ekanligi bilan bir qatorda, kelajakka foydali va daromadli sarmoyadir. Korxonaning kelajakdagi muvaffaqiyati uning raqobatbardoshligi, hamkorlarning ishonchi kabi ko‘plab omillarga bog‘liq. Albatta bu yerda ish boshlagan kompaniyalar ulkan muvaffaqiyatga erishishi hamda sarmoyalaridan yuqori daromad olishi kutiladi. Boulevard Business Center'dan eng yaxshi joyning egasi bo‘lishga taklif etamiz.

Yagona ma'lumot markazi: +99871 202-22-22

Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunisiz soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM

Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy shohko‘chasi tomon yo‘l.

Sayt: dreamcity.uz

Telegram: t.me/dreamcityuz

Facebook: fb.com/dreamcity.uz

Instagram: @dreamcity.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid