
Timur Xolmatov va Husniddin Shamsuddinov
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tizimida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda IIBB xabarida aytilgan.
Ma'lum qilinishicha, polkovnik Timur Xolmatov Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari – Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Bundan tashqari, polkovnik Husniddin Shamsuddinov Toshkent shahar IIBB Moliya va moddiy-texnika ta'minoti boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ish boshladi.