15:46 / 25.01.2021
3467
Toshkent – Olot temiryo‘l qatnovi qayta tiklandi 

Bugun, 25 yanvar kunidan  boshlab «Toshkent-Olot-Toshkent» yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi. 

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, qatnovlar haftasiga 4 marotaba amalga oshiriladi.

Xususan, dushanba, seshanba, payshanba hamda juma kunlari Toshkent-Olot yo‘nalishida, 26 yanvardan  haftaning seshanba, chorshanba, juma va shanba kunlari Olot-Toshkent yo‘nalishida qatnovlar boshlanadi. 

Shuningdek, 3-4 fevral kunlari Toshkent-Shovot-Toshkent yo‘nalishida 58/57-sonli poyezdlarning qatnovi haftasiga 3 marotaba yo‘lga qo‘yiladi. 

Jumladan, haftaning chorshanba, shanba va yakshanba kunlari Toshkent-Shovot yo‘nalishida 58-sonli, payshanba, yakshanba va dushanba kunlari esa Shovot–Toshkent yo‘nalishida 57–sonli poyezd yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsata boshlaydi.

Qo‘shimcha ma'lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryo‘l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.

Top