16:56 / 25.01.2021
8269
Xitoyda bo‘lib turgan yoki borishni rejalashtirayotgan o‘zbekistonliklardan qator jihatlarga e'tiborli bo‘lish so‘raldi

So‘nggi kunlarda Xitoyning turli hududlarida, jumladan, Pekin shahri aholisi o‘rtasida COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning yangi holatlari ro‘y berdi. 

O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi Xitoyda bo‘lib turgan va mazkur mamlakatga kelishni rejalashtirayotgan vatandoshlarga murojaat bilan chiqdi hamda qator jihatlarga e'tiborli bo‘lishni so‘radi.

Ular:

  • XXR hukumatining koronavirus tarqalishini to‘xtatish hamda kasallik oqibatlarini bartaraf etish yo‘lidagi sa'y-harakatlari va ko‘rayotgan chora-tadbirlariga qat'iy rioya etish;
  • 2021 yil 19 yanvardan e'tiboran xorijiy mamlakatlardan poytaxt Pekinga keladiganlar sog‘ligini nazoratga olish uchun karantin muddati 28 kungacha uzaytirildi. Xorijdan Xitoyning boshqa shaharlari orqali Pekinga kirmoqchi bo‘lganlar poytaxtga kirishdan oldin o‘sha shaharlarda 21 kun karantinda bo‘ladi. Pekinga yetib kelgach, ularning salomatligi 7 kun davomida yana kuzatuvga olinadi;
  • Xitoydan O‘zbekistonga qaytish istagida bo‘lgan vatandoshlarga «Sian–Toshkent-Sian» yo‘nalishida charter havo qatnovlarini amalga oshirayotgan Xitoy aviakompaniyasi xizmatlaridan foydalanishi tavsiya etiladi. Talabalik guvohnomasini taqdim etgan talabalar uchun aviachipta xarid qilishda chegirma mavjud. Aviakompaniya vakili: +86 136 6656 9568;
  • O‘zbekiston fuqarolari XXR hududidan Seul shahriga (Koreya Respublikasi poytaxti) yetib olishi va aeroport tranzit hududidan chiqmagan holda haftaning har juma kuni Uzbekistan Airways AJ amalga oshirayotgan «Toshkent-Seul-Toshkent» yo‘nalishidagi reyslar orqali vatanga qaytishlari mumkin. Aviakompaniyaning Pekin va Seul shaharlaridagi vakillari: Murod Trobov, tel.: +8618401969633 (Pekin); Ayubxon Abdullayev, tel.: +821087186850 (Seul);
  • O‘zbekistonga qaytgan va o‘qishni/mehnat faoliyatini davom ettirish maqsadida Xitoyga qaytishni rejalashtirayotgan vatandoshlarga ta'lim muassasasi/ish beruvchi bilan bog‘lanib, o‘zlarining Xitoyga qaytishlari bo‘yicha maslahatlashib olish tavsiya etiladi.

O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi Konsullik bo‘limi:

Bobur Yahyoyev +86 135 1102 4242;
Faxriddin Sulaymonov +86 155 1004 3355.

O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi mas'ul xodimlari:

  • Rustam Nazarov +86 138 0122 1452;
  • Akmalxon Olimxonov +86 185 0017 0040;
  • Mansur Ibrohimov +86 135 5220 7848;
  • Sardor Sirojov +86 186 1812 9040;
  • Avaz Kamolov +86 178 1070 2707.

O‘zbekistonning Shanxay shahridagi bosh konsulxonasi mas'ul xodimi:

  • Aziz Ulug‘bekov +86 131 2255 5772.
  • O‘zbekistonning Guanchjou shahridagi bosh konsulxonasi mas'ul xodimi:
  • Rahmon Ernazarov +86 186 6485 5747.
Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top