11:11 / 01.02.2021
2674
Urganch – Farg‘ona – Urganch yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilmoqda

Joriy yilning 3 va 6 fevral kunlari Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Urganch – Farg‘ona – Urganch yo‘nalishida parvozlarni amalga oshiradi.

Transport vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu qatnov mamlakatda ichki turizm va ishbilarmonlik faolligini oshirish maqsadida yo‘lga qo‘yilmoqda.

Parvozlar jadvali quyidagicha:

 

  • Urganch – Farg‘ona 
    uchish soat 10:55da, qo‘nish 12:35da;

 

  • Farg‘ona – Urganch
    uchish soat 14:05da, qo‘nish 15:45da.

Joriy yilning 11 fevralidan esa haftaning payshanba va shanba kunlari Urganch – Farg‘ona – Urganch yo‘nalishida aviaqatnovlar muntazam ravishda bajariladi.  

Top