09:00 / 04.02.2021
5636
Manzara turar joy majmuasida 4 ta uy-joy binosi bunyod etildi

Bizning Uylar Development kompaniyasi Manzara turar joy majmuasida birinchi bosqich qurilish jarayonlari qizg‘in davom etayotgani haqida ma'lumot berdi.

Manzara zamonaviy turar joy majmuasi qurilish maydonchalarida bunyodkorlik ishlari qizg‘in davom etmoqda. Uzluksiz jarayon taniqli turk qurilish kompaniyasi Mesa bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Ko‘p qavatli binolarning balandligi va mintaqaning seysmologik xususiyatini hisobga olgan holda, kompaniya uy-joy devorlarni ko‘tarishda monolitik karkaslarga asoslangan tunel kalip usulidan foydalanmoqda. Devor hamda qavatlar orasiga beton quyiladi. Bu uslub temir-beton konstruksiyasi sabab binolarning mustahkamligi va ishonchliligini kafolatlaydigan tizimdir. Shu bilan birga, qurilish muddatini 75 foizga qisqartiradi hamda binolarning seysmik bardoshliligini 9-9,5 ballga yetkazadi.

Ayni paytda ushbu obektning qurilish maydonidagi to‘rtta to‘liq ko‘tarilgan uy-joy binolarida quruvchilar gidroizolyatsiya ishlarini boshladilar, tashqi fasad hamda ichki ta'mirlash ishlari tugallandi. Santexnika vositalari ham o‘rnatilib, montaj qilinmoqda. Xonadonlarga O‘zbekistondagi yetakchi ishlab chiqaruvchi Imzo kompaniyasining romlari o‘rnatildi.

Qurilish ishlarining yuqori sur'atlarda davom etayotganligi sabab jarayonning birinchi bosqichini yakunlash 2021 yilning yoziga rejalashtirilgan. Bir necha oydan so‘ng Manzara turar joy majmuasining birinchi aholisi yangi, tayyor ta'mirlangan xonadonlariga ko‘chib kirishadi. Demak, yaqin oylarda bu yerdagi aholi poytaxtning chiroyli uy-joylaridan birida hayotdan zavq olib istiqomat qilishadi.

Eng ishonchli va kafolatli sheriklarni tanlab, biz asosiy maqsadimiz – siz va kelajak avlodlar uchun mustahkam, xavfsiz va yuqori sifatli uylarni bunyod etmoqdamiz.

Xonadon turlari, to‘lov shartlari haqidagi batafsil ma'lumotlarni sotuv ofisimizga tashrif buyurgan holda bilib olishingiz mumkin.

Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Chinobod ko‘chasi.

Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunlarisiz soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Batafsil ma'lumotlarni quyidagi telefon raqamidan olishingiz mumkin: +99871-210-44-44

Instagram: @bizninguylar

Telegram: t.me/bizninguylar

Facebook: fb.com/bizninguylar

Sayt: bizninguylar.uz

Reklama huquqi asosida

Top