17:38 / 04.02.2021
1234
Sayyohlarga tezkor yordam ko‘rsatuvchi Call-markaz ishga tushdi

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Xavfsiz turizmni ta'minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi Call-markazi o‘z ish faoliyatini boshladi, unga "1173" qisqa raqam orqali murojaat qilish mumkin. 

Turizm qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Call-markazning asosiy vazifasi sayyohlar murojaatlarini telefon orqali qabul qilish va ichki ishlar organlari vakolatlari doirasida ularga tezkorlik bilan zaruriy yordam ko‘rsatish hisoblanadi. 

Call-markaz zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalar bilan jihozlangan bo‘lib, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBBlari hamda Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlari IIBlari xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmalari navbatchilik qismlari bilan bog‘langan.  

Ko‘rsatilgan raqamga respublikaning barcha hududlaridan qo‘ng‘iroq qilish mumkin.

Call-markazning o‘zbek, rus va ingliz tillarida erkin muloqot qila oladigan malakali mutaxassislari dam olish kunlarisiz tun-u kun faoliyat ko‘rsatadi.

Top