22:32 / 04.02.2021
5580
Somalida chigirtkalar bosqini sababli favqulodda holat e'lon qilindi

BMT oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining bildirishicha, shamol va yomg‘irlar cho‘l chigirtkalarining ko‘payishiga qulay sharoit yaratgan.

Foto: Reuters

Somalida cho‘l chigirtkalari yopirilishi sababli favqulodda holat e'lon qilindi. Bu haqda Garowe yangiliklar portali xabar berdi.

Favqulodda holat mamlakat qishloq xo‘jalik vazirligi tomonidan e'lon qilingan.

BMT oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining (FAO) bildirishicha, shamol va yomg‘irlar cho‘l chigirtkalarining ko‘payishiga qulay sharoit yaratgan.

"Hasharotlar barcha hududlarga tarqalib, hosilni yo‘qotish xavfini tug‘dirmoqda", - deyiladi tashkilot bayonotida.

Cho‘l chigirtkalari eng xavfli zararkunanda bo‘lib, ularning galalari yo‘lida uchragan o‘simliklarni yeb bitirib, sutkasiga 150 kilometr masofani bosib o‘tishi mumkin.  

Top