Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Somalida isyonchilar BMT vertolyotini qo‘lga oldi
Uning ekipaji va yo‘lovchilari taqdiri noma’lum.

Foto: Reuters
Somalida «Ash-Shabob» guruhi a’zolari Birlashgan Millatlar Tashkilotining vertolyotini ekipaji va yo‘lovchilari bilan birga olib qochdi. Bu haqda Reuters agentligiga mahalliy harbiy amaldor ma’lum qildi.
BMT vertolyoti Somalining markazidagi Beledveyn shahridan havoga ko‘tarilib, hukumat kuchlari va «Ash-Shabob» kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuv chizig‘i yaqinida joylashgan Visil shahriga yo‘l olgan. Vertolyot havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay, texnik muammo tufayli, guruh nazorati ostidagi hududga favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan.
Vertolyotda tibbiy buyumlar bo‘lgan va u Galmudug tumanidan yarador askarlarni olib ketishi kerak edi. Reuters nashriga ko‘ra, bortda ikki somalilik va bir necha xorijlik bo‘lgan.
Vertolyot Somaliga yordam ko‘rsatuvchi BMT missiyasiga tegishli bo‘lib, ekipajda besh nafar xorijlik bo‘lgan. Ularning taqdiri noma’lum.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti vertolyotning olib qochilishi haqidagi xabarlarga hozircha izoh bermadi.
«Ash-Shabob» guruhi Somalining janubi va markazidagi aksariyat hududni nazorat qiladi, biroq qo‘shni davlatlarga, jumladan Keniyaga qarshi ham harakat qiladi.
2007 yildan 2012 yilgacha «Ash-Shabob» jangarilari 500 dan ortiq teraktlar uyushtirgan. 2012 yilda guruh «Al-Qoida»ga qo‘shilgan. 2015 yil dekabrida 200 ga yaqin jangari «Islomiy davlat»ga bay’at bergan edi.
«Ash-Shabob» jangarilari ko‘pincha xorijliklar, jumladan, xalqaro tashkilotlar vakillari joylashgan mehmonxonalarga hujum qiladi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston 24 yillik tanaffusdan keyin yunon-rum kurashi bo‘yicha JChda oltin medal oldi
Sport | 09:22
Toshkentda mushukni qiynagan xitoylik 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 23:33 / 21.09.2025
Qumga ko‘milgan murda – Termizdagi mudhish qotillik tafsiloti
Jamiyat | 11:52 / 21.09.2025
Dunyoning eng yirik davlatlaridagi erkaklar va ayollar nisbati ma’lum qilindi
Jahon | 23:53 / 20.09.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hikmat Travel 28 oktyabrdan qo‘shimcha Umra ziyorati safarlarini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 18:59
-
Prezident AQSh yetakchi kompaniyalari bilan muhim minerallar sohasidagi sheriklikni muhokama qildi
O‘zbekiston | 23:06
-
Putin Jo Baydenning sobiq yordamchisiga Rossiya fuqaroligini berdi
Jahon | 23:04
-
Janubiy koreyalik ekspertlar KXDR yangi «maxfiy quroli» haqida bilib oldi
Jahon | 22:32
Mavzuga oid

22:00 / 21.09.2025
G‘azo sektoridagi urush mamlakatni tan olish jarayonini tezlashtirdi – Falastin TIV

01:29 / 21.09.2025
BMT anjumanida 10 mamlakat Falastin davlatini tan oladi

19:35 / 20.09.2025
Sherzod Asadov BMT matbuot kotibi bilan jurnalistlar o‘rtasida tajriba almashish masalasini muhokama qildi

18:23 / 20.09.2025