21:11 / 06.02.2021
4937
Xitoyda xususiy kompaniya o‘zi ishlab chiqargan “aqlli” suborbital raketa parvozini amalga oshirdi

Raketaning parvoz vaqti 580 soniyani tashkil etdi, maksimal parvoz balandligi esa qariyb 300 kilometrga yetdi. 

Foto: russian.china.org.cn

OneSpace Technology Group Co kompaniyasi Xitoy shimoli-g‘arbidagi start maydonchasidan o‘zining "aqlli" suborbital raketasi parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar berdi.

"Umumiy uzunligi 9,4 metr bo‘lgan Chongqing Liangjiang Star OS-X6B raketasi parvozi juma kuni soat 17:05da amalga oshirildi. Uning parvoz vaqti 580 soniyaga yaqin bo‘ldi, maksimal parvoz balandligi esa qariyb 300 kilometrga yetdi", – deyiladi xabarda.

 Xabar qilinishicha, shuningdek, qator ilg‘or texnologiyalar sinovdan o‘tkazildi va parvozning haqiqiy sharoitlari to‘g‘risida katta hajmda ma'lumotlar olindi.

OneSpace kompaniyasi 2015 yilda Pekinda tashkil etilgan. U tashuvchi-raketalar ishlab chiqish bo‘yicha litsenziya olgan Xitoydagi birinchi xususiy kompaniya hisoblanadi. 

Top