16:42 / 13.02.2021
4625

Facebook «aqlli» soat ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

Manbalarning aytishlaricha, «aqlli» soatlar Android operatsion tizimida ishlaydi. Bundan tashqari, Facebook o‘z operatsion tizimi ustida ishlamoqda.

Foto: theverge.com

Facebook kompaniyasi 2022 yildan bozorga chiqarilishi rejalashtirilgan «aqlli» soat ustida ishlamoqda. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib The Information nashri xabar berdi.

Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, soat Facebook servislari orqali xabar jo‘natish, fitnes va salomatlikni nazorat qilish funksiyalaridan foydalanish imkonini beradi.

Nashrning yozishicha, Facebook «aqlli» soatlari uyali aloqa orqali ishlaydi. Kompaniya shuningdek, soatga tibbiyot va fitnes-kompaniyalari xizmatlariga ulanish imkoniyatini berishni rejalashtirgan.

«Aqlli» soatlar Android operatsion tizimida ishlaydi. Bundan tashqari, Facebook o‘z operatsion tizimi ustida ishlamoqda, degan manbalar.

The Information nashrining yozishicha, Facebook «aqlli» soatlarining birinchi versiyasini 2022 yilda, ikkinchi avlod soatlarini esa 2023 yilda chiqaradi.

Mavzuga oid
Top